“Real” hujumchisi Karim Benzema La Liganing 32-turida “Leganes” darvozasiga gol urdi.
31 yoshli futbolchi so'nggi 4 ta o'yinda 5 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Shu tariqa, Benzema primeradagi gollari sonini 18 taga etkazib oldi. To'purarlar ro'yxatida u “Jirona” hujumchisi Kristian Stuanidan o'zib ketdi.
Primerada eng ko'p golni faqatgina “Barselona” hujumchilari urishdi – Luis Suares (20) va Lionel Messi (33).