"Real" rahbariyati hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan uchrashishga qaror qildi. "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres portugaliyalik futbolchi bilan 4 yoki 5 iyul kuni uchrashadi.
"Marca" nashri klubdagi manbasiga tayanib xabar tarqatishicha, Ronaldu bilan uchrashuv o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lib, klub o'zining yozgi transfer siyosatini Krishtianuning qaroridan kelib chiqib belgilaydi. Ronalduning jamoada qolishi noma'lum bo'lib turgani uchun, "Real" transferlar bilan bog'liq barcha muzokaralarni to'xtatib qo'ygan.
"Jamoaning sport loyihasi Ronalduga bog'liq. Biz barchasini imkon qadar tezroq hal qilishimiz kerak. Shaxsan futbolchining o'zidan biz hech qanday e'tirozlarni eshitmadik. Biz Krishtianuga umid bog'layapmiz, lekin uning istagini tinglashimiz kerak", — deya klub ichidagi manbadan iqtibos keltirdi "Marca".