"Real" klubi yozda hujumchi Garet Beylni sotishga tayyor, deya xabar beradi Daily Mail.
Madridliklar ustozi Zinedin Zidan uelslik futbolchining xizmatlariga tayanmoqchi emas. Shuningdek, jamoaning boshqa futbolchilari ham 29 yoshli futbolchidan norozilar.
"Real" rahbariyati futbolchiga ko'p yillik faoliyatiga minnatdorchilik sifatida unga o'ziga jamoa tanlash imkoniyatini taqdim qilmoqchi. Beyl 2013 yilda "Tottenhem"dan madridliklar safiga kelib qo'shilgan edi.