«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajagi haqidagi savolga o'ziga xos tarzda javob berdi.
«Hech narsani gapirmayman. Jimlikni buzmoqchi emasman» - dedi Ronaldu.
Avvalroq, Ronaldu Ispaniya prokuraturasining soliqlar bo'yicha ayblovi tufayli «Real»ni tark etmoqchi ekani haqida xabarlar chiqqan edi. U yaqin orada klub prezidenti Florentino Peres bilan uchrashib, kelajagiga oydinlik kiritib olmoqchi.