«Atletiko» hujumchisi Fernando Torres Evropa chempionlar ligasi yarim final bosqichi doirasida «Real»ga qarshi javob o'yini borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Sidqidildan ko'rsatgan o'yinimiz va bajargan og'ir mehnatimizdan rozi bo'lishimiz kerak. Bugun barchasi ajoyib bo'ldi. O'yinning ma'lum vaqtiga kelib ishonchimiz yuqori nuqtaga chiqdi. Barcha narsaning ilojini borligini bilardik. Kambek qilishga juda yaqin turgandik. Yuz bergan holatdan xulosa chiqarishimiz kerak. Qisqa vaqt ichida ko'p narsaga erishib bo'lmaydi. Barchasiga vaqt kerak.
Bugungi misol rivojlanishimiz uchun poydevor bo'lishi lozim. Bu jamoaning yuqori chegarasi emas. Klub o'z tarixida buyuk davrlarda birini boshdan kechirmoqda. Bundan faxrlansak arziydi. «Atletiko» safida ko'p vaqtni o'tkazganman. Shuning uchun ayta olamanki, hozir qandaydir buyuk narsa boshlanmoqda», – dedi Torres.