«Real» rahbariyati Garet Beylni sotish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda As nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, klub 29 yoshli futbolchining narxini 130 million evroga baholagan. Shu bilan birga, narx yana tushirilishi ham mumkin. Shuningdek, «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» klublari Pol Pogba va Kristian Eriksenni "Qirollik klubi"ga sotishga rozi bo'lsa, bu futbolchilardan birining evaziga Beyl berib yuborilishi mumkin.
Avvalroq Garetning agenti Jonatan Barett futbolchining «Tottenxem»ga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarni inkor qilgandi.
Beyl 2013 yilda 100 million evro evaziga "qaymoqranglilar" safiga o'tib, o'sha paytning eng qimmatbaho futbolchisiga aylangandi.