Evropa chempionlar ligasining chorak final bosqichida «Barselona» safarda «Manchester Yunayted»ni kichik hisobda (1:0) mag'lub etdi. Kataloniyaliklarning yagona goli raqib himoyachisi Lyuk Shou hisobiga avtogol sifatida yozildi.
Evrokuboklar doirasida raqib futbolchilari "ko'k-anorranglilar"ga qarshi o'yinlarda 14-marta o'z darvozalarini ishg'ol qilib qo'yishdi. Bu orqali «Barselona» «Real» va «Chelsi»ga tegishli bo'lgan rekordni takrorladi.