"Real"ning sobiq ustozi Fabio Kapello jamoa o'sha paytda "Inter" a'zosi hisoblangan Roberto Karlosni qanday sotib olganini gapirib berdi.
«1996 yilda "Real" rahbariyati jamoani boshqarishimni so'radi. Baxtli edim. "Milan"dan "Real"ga o'tdim. Menga agent Jovanni Brankini qo'ng'iroq qildi va „Eshit, Fabio. “Inter» Roberto Karlosni sotmoqchi", dedi. Men esa "Yo'q, bo'lishi mumkin emas", dedim. U: «Mumkin-mumkin. Ular aytishyaptiki, Karlos himoyada yaxshi o'ynay olmayotgan ekan", dedi. Men: «Yo'q, ishonmayman», dedim. Ular Karlosni olti yarim milliardga sotishmoqchi ekan.
Men baribir ishonmadim. «Gaping rost bo'lsa, menga uning narxi, boshqa jihatlari va imzo qo'yish uchun shartnomani faks qilib jo'nat", dedim. Uch-to'rt soatdan keyin faks keldi. Men "Real" prezidenti Lorenso Sansga qo'ng'iroq qilib, «Eshit, sen ertalabki reys bilan uchishing kerak. Milanga bor va Roberto Karlos bilan shartnoma tuzib qayt", dedim.
Prezident ertalab soat sakkizda uchib ketdi. Soat 11 da esa Karlos "Real" futbolchisiga aylangandi. Uzoq yillar "Real" uchun mehnat qilgan va uning ajralmas futbolchisiga aylangan Karlosning transferi ana shunday tez muddatda, 24 soatga etmasdan hal bo'lgan", — dedi Kapello.