"Chelsi" yarimhimoyachisi Eden Azar "Vest Hem"bilan o'yindan so'ng (2:0) fikrlarini bildirdi. U o'yinda dublga erishdi.
"Zo'r o'ynadik, deb o'ylayman. O'yin oson bo'lmadi, chunki "Vest Hem" - ajoyib jamoa. Ular bizga ko'p muammo yaratdilar.
"Vest Hem" ishqibozlari "Real"ga ketishimni kuylashdi? Ular adashmoqdalar. Hozir bor e'tiborim "Chelsi"ga qaratilgan - mavsum oxirigacha. Men shunchaki, jamoamning top-4ga kirishiga yoki Evropa ligasini yutishiga umid qilyapman. Ammo qiladigan ishlarimiz ko'p. Ko'ramiz", - dedi Azar.