«Real»prezidenti Florentino Peres hujumchi Alvaro Morata to'g'risida bayonot berdi.
«Biz Morata to'g'risida «MYu» bilan muzokara o'tkazmayapmiz. Biroq futbolchi haqida har xil gap-so'zlar yuribdi, bu tabiiy hol.
Biz uni transfer qilishimiz, millionlab evroga sotishimiz haqidagi gaplarni o'qidim, ammo bu yolg'on» - dedi Peres esRadio xabarida.
Avvalroq, «MYu» Morata uchun «Real»ga 70 mln evro taklif qilgani, «Real» esa 80 mln evro so'rgani, futbolchining o'zi ketmoqchi ekani haqida xabarlar chiqan edi.