Ispaniyaning AS nashri muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi.
Unda ishtirok etganlar «Real» yarimhimoyachisi Garet Beylning o'rniga «Monako» iqtidori Kilian Mbappeni xarid qilish kerakmi degan savolga javob berishi lozim edi.
Qizig'i shundaki, so'rovnoma natijasiga ko'ra, 75% muxlis Beylning jamoaga kerak emasligi, uning o'rniga Mbappeni xarid qilgan ma'qul deb hisoblamoqda.
Avvalroq, qirollik klubi prezidenti Florentino Peres Mbappe tufayli Ronaldu, Benzema yoki Beyldan voz kechmasligini aytgan edi.