"Real" yozda bir nechta futbolchisi bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda "AS" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "qirollik klubi" Garet Beylning o'zidan 100 mln evro ishlamoqchi. Shuningdek, Toni Kroos va Xames Rodrigesga 80 mln evrodan narx belgilagan. O'z o'rnida "Bavariya" Xamesni 42 mln evro evaziga sotib olish huquqiga ega.
"Real", shuningdek, Isko (60), Mateo Kovachich (50), Mariano Dias va Xesus Valexo (30 million evrodan)ni sotishga tayyor.