«Atletiko», «Real» va «Barselona» klublari sobiq bosh murabbiyi Radomir Antich xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Modrich — qachondan beri jahonning eng yaxshi pleymeykeri? U faqat jamoaga yordam beradi. Uning "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi va jahonning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olinishi — bu absurd. Mantiqsiz holat.
U golli uzatmalar bermaydi, gollar urmaydi. Jamoaga ko'proq Kevin De Bryuyne yoki Eden Azar kabi futbolchilar kerak», – dedi 70 yoshli murabbiy.
33 yoshli Luka Modrich ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 40ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 7ta golga assistentlik qildi.