«Real» transfer bozorida faol ishlamoqda.
COPE xabariga ko'ra, madridliklar himoya chizig'ini kuchaytirish haqida jiddiy o'ylayapti va markaziy himoyaga Markinos yoki Lukas Ernandesni olishi mumkin.
21 yoshli Lukas yana bir himoyachi Teo Ernandesning akasi hisoblanadi. U o'z xizmatini «Real»ga taklif qilgan. Qirollik klubi futbolchining transferi uchun 40 mln evro to'lashi kerak.
PSJ himoyachisi Markinos esa qimmatroq. Uning transferi 60 mln evroga teng.
Bundan tashqari, «Real» «Malaga» klubidan Sandro Ramiresni ham olishi mumkin. Avvalroq, klub prezidenti Florentino Peres yosh ispaniyaliklarga ko'proq tayanmoqchi ekanini aytgan edi.