«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Valensiya»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:2) borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Havodagi kurashda biroz faollik etishmadi. Dastlabki yarim soatda biz yaxshi o'ynadik. O'zimizga bo'lgan ishonch etishmadi.
Shunga qaramay, o'yinchilarga e'tirozim yo'q. Ular harakat qilishdi. Biz yaxshi jamoaga qarshi o'ynadik. Ammo mag'lubiyat hamisha yoqimsiz.
Biz raqib darvozasigacha bora olmadik. Natijada raqib darvozasi tomon zarba bera olmadik. Jamoam oxirigacha kurashdi.
Qiyin vaziyat. Ammo biz keyingi o'yin haqida o'ylashimiz kerak. Futbolchilarni qo'llab-quvvatlayman. Keyingi uchrashuvda yaxshiroq harakat qilishga intilamiz», – dedi Zidan.