France Football nashri jahonning eng ko'p daromad oluvchi 5 nafar futbolchisi nomini e'lon qildi.
Birinchi o'rinni «Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi egalladi. 32 yoshli futbolchining bir yillik daromadi 130 million evroni tashkil qiladi.
«Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu esa bir yilda 113 million evro ishlab topadi. Portugaliyalik futbolchi «Real»dagi faoliyatiga nisbatan 10 million evro ko'proq daromad topa boshladi.
«PSJ» hujumchisi Neymar uchinchi pog'onani band etdi. Braziliyalik futbolchining yillik daromadi 91,5 million evroga teng.
Keyingi o'rinlarni Antuan Grizmann («Atletiko», 44 million evro) va Garet Beyl («Real», 40,2 million evro) egallashdi.
To'liq ro'yxat bugun e'lon qilinishi kutilmoqda.