“Real” yarim himoyachisi Dani Sebalos “Ueska”ga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
Ta'kidlab o'tish joiz, 22- yoshli futbolchi ushbu o'yinda o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ydi.
“Men “Bernabeu” ilk golimni urdim. Kecha oila a'zolarimga agarda ushbu o'yinda maydonga tushsam, asosiy tarkibda maydonga tushish uchun imkoniyat tug'uladi degan edim.
Murabbiy birinchi kundan boshlab barcha futbolchida o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat berishini aytdi. Isko va boshqa futbolchilar o'zlarini harakatlari bilan uning so'zlariga javob qaytarishmoqda. “Real” qaytadi va yana yuqori cho'qqilarni zabt etadi.
Mening kelajagim aniq bo'lib bo'lgan. Men shu jamoa bilan birgalikda g'alaba qozonishni orzu qilyapman”, – deydi Sebalos.