“Real” klubi himoyachisi Marselo madridliklar safini tark etmaydigan ko'rinadi.
AS nashrining xabar qilishicha, Zinedin Zidanning jamoaga qaytgani braziliyalik futbolchining qaroriga ta'sir qilgan.
Marseloning qaymoqranglilar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan. U avvallari bir necha bor shu erda faoliyatini tugatmoqchi ekani haqida bir necha bor takrorlagan edi, biroq Santyago Solari kelgach asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ydi.
Marselo Solari bilan chiqisha olmadi va futbolchi «Yuventus»ga o'tish varianti ustida o'ylana boshladi. Biroq Zidan jamoaga qaytgach u qarorini o'zgartirgan. Bu haqda o'yinchiga yaqin manba ma'lum qilgan.
Jamoaga qaytgan mutaxassis Marselo bilan yuzma-yuz uchrashgan va uni jamoada qolishga ko'ndirgan.