"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu EChL chorak finalining birinchi o'yinida "Ayaks"ga qarshi maydonga tushmasligi mumkin.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, futbolchi yana bir bor tibbiy tekshiruvdan o'tdi. Uning natialari rasman 'lon qilinmadi. Ammo portugaliyalik futbolchi A seriyada "Empoli" va "Kalyari"ga qarshi bahslarni o'tkazib yuborishgi aniq, shuningdek, 31-turda "Milan"ga qarshi o'ynamasligi ehtimoli ko'p. EChL 1/4 finalining birinchi o'yinida maydonga tushishi so'roq ostida.
Ronaldu Evro-2020 saralashida Portugaliyaning Serbiyaga qarshi o'yinida engil jarohat olgan edi.