Madridning “Real” klubi sardori Serxio Ramos Zayniddin Zidanning “qirollik klubi”ga qaytgani borasida fikr bildirdi.
“Bu yaxshi o'zgarish. Zidan bilan bizning ajoyib hotiralar bor. Biz uning qaytishidan mamnunmiz. Zayniddinning qaytishi - bu yaxshi xabar. Odamlar o'ylagandek, bu mening qarorim emas. Agar mendan so'rashsa, jamoaning sardori sifatida o'z fikrimni bildiraman”, -deydi Ramos.
Eslatib o'tamiz, Zidan Santyago Solari o'rniga “Real” bosh murabbiyiga aylangan edi. U jamoa bilan 2022 yilgacha shartnoma imzoladi.