EChL yarimfinalining javob uchrashuvida "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Atletiko" hujumchisi Fernando Torres o'rtasida kichik aytishuv kechdi.
Marca xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchining harakatlaridan norozi bo'lgan Torres unga yaqinlashgan va "Senga nima bo'lyapti, masxaraboz?" degan. Ronaldu bunga javoban: ""Sen musobaqadan chiqib ketasan va uyga borasan, ahmoq" degan. Shundan so'ng Torres uni ko'ppakning bolasi deb atagan.
"Atletiko" o'z maydonida "Real"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi, ammo bu finalga chiqish uchun kamlik qildi, birinchi uchrashuv 0:3 hisobida tugagan edi.