Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Futbol va biznes: Zidan – homiylar oxanrabosi

EChL finalida «Bayer» darvozasiga urilgan unutilmas gol, jahon kubogining hal qiluvchi bahsida amalga oshirilgan zafarli «dubl», 1998 yilning «Oltin to'p»i va qatorasiga 3 marta qo'lga kiritilgan EChL kuboklari - bularning barchasi futbolchi va murabbiy Zayniddin Zidanga tegishli.

.
- Yuklab olish

EChL finalida «Bayer» darvozasiga urilgan unutilmas gol, jahon kubogining hal qiluvchi bahsida amalga oshirilgan zafarli «dubl», 1998 yilning «Oltin to'p»i va qatorasiga 3 marta qo'lga kiritilgan EChL kuboklari - bularning barchasi futbolchi va murabbiy Zayniddin Zidanga tegishli.

Yorqin faoliyatiga zarracha dog' tushirmagan olijanob yigit bilan hamkorlik qilish uchun eng yirik kompaniyalar yillab navbat kutadilar. Xo'sh, Zayniddin nimalarni ovoza qiladi? Sports.ru shu haqda so'z yuritadi.

Hayotda Zidan kamtarin, oilaparvar inson sifatida hurmat qozongan, tiliga erk bermaydi, saxovatpeshalik ramzi. Butun Frantsiya uni xush ko'radi, yangi asrda Zayniddin mamlakatdagi barcha reytinglarning mutloq etakchisi, mashhur san'atkorlar va siyosat arboblaridan o'zib ketgan. 2006 yilda Frantsiyaning Le Journal du dimanche nashri Zizuni mamlakatning eng mashhur kishisi sifatida rasman tan olgandi.

Tabiiyki, bunchalik yuksak obro'-hurmat sohibi qudratli homiylar e'tiboridan chetda qolmadi, Adidas, Canal }, Audi, Danon, Louis Vuitton, Christian Dior vakillari Zizuning ko'nglini ovlash payida bo'lishdi. Natijada futbolchi o'z faoliyatini yakunlash arafasida reklamadan «Real»dagi daromadidan ko'ra ko'proq pul ishladi (8,6 mln. - 6,4 mln.). 2018 yilning mayida «Bernabeu»ni tark etganida, Britaniya tabloidlari uning boyliklarini 70 mln. evroga baholadilar. Albatta, klublar Zidanga yaxshigina haq to'lashgan. Biroq uning hisob raqamidagi mablag'ning asosiy qismi - homiylik badallari.

Zayniddinning reklama sohasidagi faoliyatiga oid ma'lumotlar 1998 yilga qadar juda oz edi (o'shanda futbolchi 26 yoshda edi). Adidas firmasining marketing bo'limi rahbari Emmanuel Geyning aytishicha, Zidan 10 yildan beri elchi maqomida kompaniya bilan hamkorlik qilgan. Mutaxassis bu fikrni 2006 yilda bildirganidan kelib chiqsak, Zizu 1996 yilda, «Yuventus»ga o'tganidan keyin hamkorlikni boshlagan.

Futbol yulduzining tadbirkorlikdagi faolligi 1999 yilda keskin oshdi - Zizu ZZ brendi ostida kiyim-kechaklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonaga asos soldi. Bir yildan keyin Zidane diffusion kompaniyasi dunyoga keldi, uni futbolchining o'zi boshqara boshladi.

Nizom sarmoyasi 38000 evro bo'lgan korxonaga Zidan o'z qarindoshlarini jalb etdi.

Reklama olamidagi yutuqlari maqtaydigan darajada bo'lmasada, Zizu «Bordo»dan «Yuventus»ga o'tish orqali 1996 yilda bu boradagi dastlabki muhim qadamni amalga oshirgandi. Chunki u mo'may daromadli bozorga kirib kelgandi. Qolaversa, u o'zidan avval Frantsiyaning eng mashhur futbolchisi - Mishel Platini bilan taqqoslashlariga sharoit yaratdi. O'z vaqtida Mishel ham aynan Turin grandi safida porlagandi.

Frantsiyaning mezbonligida o'tgan va unga dastlabki chempionlik unvonini keltirgan JCh Zidanning futbolchilik va reklama faoliyatida hal qiluvchi rol o'ynadi. Tojdorga aylangan Zizu yarim yildan keyin «Oltin to'p»ni qo'lga kiritdi.

Shundan keyin Zayniddin barcha mashhur kompaniyalarni ohanrabodek o'ziga torta boshladi. Buning asosiy sabablari 3ta:

1. Yaqqol ko'rinib turgan sabab - Zidanning futboldagi muvaffaqiyati.

Bu sababni izohlash uchun balandparvoz iboralar shart emas, Zizu - futbol olamining eng yorqin vakillaridan biri;

2. Zidan - muhojirlar oilasidan chiqqan uddaburon bolakay ramzi.

Frantsiyadagi JCh-1998 turniri mamlakatdagi siyosiy va ijtimoiy keskinlik muhiti bilan yodda qolgandi. Buning asosiy sababi aholi tarkibining xilma-xilligi bilan izohlanadi. Mundial yakunidan keyin 1998 yilning iyulida «Ekonomist» nashri «Frantsiyada irqchilik kuchlimi?» sarlavhali materialni chop etdi. Unda davlat muassasalari tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijasi e'lon qilindi. Ma'lum bo'lishicha, fuqarolarning 40 foizi o'zlarini muayyan darajada irqchi, deb hisoblashar ekan. Musobaqa davrida «Milliy front» partiyasining etakchisi Jan-Mari Li Pen vaziyatni keskinlashtirishga urindi: «Xorijdan o'yinchilarni olib kelib, ularni frantsuzlar jamoasi deyish sun'iylikdan o'zga narsa emas». To'g'ri, keyinchalik partiya o'z rahbarining so'zlari uchun uzr so'radi.

Zidan Frantsiyada dunyoga kelgan, lekin sobiq koloniya - Jazoirdan ko'chib o'tgan muhojirlar oilasidan. Otasi Marselda qorovul bo'lib ishlagan, o'zi esa ishsizlik va jinoyatchilik avj olgan tumanda to'p surib ulg'aydi.

«Uch ranglilar»ning chempion tarkibi turli millat vakillaridan tashkil topgandi. «Milan»ning baquvvat himoyachisi Marsel Desayi Ganada, Karambyo Yangi Kaledoniyada tavallud topishgan, Lilian Tyuram bilan David Trezege Frantsiyada tug'ilgan bo'lsalarda, Tyuramning onasi Gvadelupadan, Davidning ota-onasi esa argentinalik edilar. Jorkaeffning onasi - arman, otasi - polshalik ayol va qalmiq yigitning farzandi bo'lgan.

Terma jamoadagi rang-barang tarkib mamlakatdagi vaziyatni aks ettirib turardi. «Jamoamiz Frantsiyaga xos bo'lgan ijtimoiy-madaniy tuzilma haqida to'liq tasavvur beradi», - degandi Gvianada yorug' olam yuzini ko'rgan chempion darvozabon Bernar Lama.

Terma jamoaning tarixiy g'alabasi va Zidanning betakror ishtiroki Frantsiyadagi ko'pchilik fuqarolarni «Irqchilikka chek qo'yish vaqti keldi» shiori ostida birlashishga undadi. Futbolga tamoman befarq bo'lgan prezident Jak Shirak Zidan va uning jamoadoshlarini Faxriy Legion Ordeni bilan taqdirlash marosimida «Uch ranglilar» futbolkasini kiygan holda ishtirok etdi. Bosh rahbarning yuksak e'tibori millionlab kishilar qalbini to'lqinlantirdi, zafarni nishonlash niyatidagi muxlislar uchun Elisey maydoni torlik qilib qoldi, Zizuning portreti Triumflar arkini zabt etdi. Muxlislarning «Zidanni prezidentlikka!» va «Rahmat, Zizu!» kabi xitoblari poytaxt osmoniga sig'may qoldi.

Darhaqiqat, Zayniddin nafaqat mundialning, balki ko'pmillatli Frantsiyaning chinakam ramzi bo'ldi. Tabiiyki, buni mashhur brendlar e'tibordan qochirishmadi;

3. Mukammal reputatsiya - Zizuning homiylar bilan muvaffaqiyatli hamkorligining uchinchi omili. «Zidan - sportdagi natijalaridan ko'ra insoniy fazilatlari evaziga ko'proq hurmat-ehtiromga ega bo'lgan o'ta noyob shaxslardan biri. Undagi asl erkakka xos xususiyatlar futboldagi natijalaridan muhimroq» - bu e'tirof Sport Lab tadqiqot va marketing konsalting firmasi rahbari Jil Dyumaga tegishli.

Sport Lab tadqiqotlarining tezkor so'rovi ishtirokchilari Zidanning 3ta fazilatini alohida e'tirof etishgan: sipolik, soddalik va hamdardlik. Zizu doimo o'z or-nomusi va nufuzini himoya qilishni unutmasligi bois, noqulay vaziyatlarga tushib qolmaydi, ehtiyotkor va mas'uliyatli shaxs rolini benuqson bajaradi. Zayniddin hamisha keskin fikrlar bildirishdan o'zini tiyadi. Misol uchun, unga Frantsiyadagi irqchilik va tahqirlash xususida savol berishsa, o'zi tushunmaydigan mavzuda mulohaza yuritishga tayyor emasligini aytish bilan kifoyalanadi.

JCh-98dan keyin Zidanning barcha sohalardagi ishlari yurishib ketdi. 2001-2006 yillarda dunyoning eng qudratli brendlaridan biri bo'lgan «Real» sharafini himoya qildi. Futbol olamidagi benuqson reputatsiya Zizuga badavlat homiylarni o'z istagiga ko'ndirish imkoniyatini berdi. Nufuzli L’Express nashri ma'lumotiga ko'ra, Zayniddin qiymati 1 mln. evrodan oz bo'lgan takliflarni ko'rib chiqmasligini bildirgan. Hatto JCh-2006 finalida Marko Materatstsi bilan yuz bergan mojaro ham uning obro'siga putur etkaza olmadi. Vaholanki, o'shanda Zidan raqib ko'ksiga kalla tortishdan o'zini tiyganida, Frantsiya ikkinchi marta shohsupaga ko'tarilishi mumkin edi. Lekin hamiyatini himoya qilgan chempionni prezidentdan tortib, oddiy fuqarolargacha afv etishdi. Ana shu yuksak ehtirom homiylarni Zizuga yaqinroq bo'lishga undadi. «Materatstsi voqeasi Zidanga zarar etkazmaydi, homiylar hech qayoqqa ketishmaydi. Chunki u amalga oshirgan jasurlik chin inson siymosini to'ldiradi», - degandi 2006 yilda Havas reklama agentligining ijrochi direktori Jak Segela. Darhaqiqat, mojaro Zidanning reklama shartnomalariga ziyon etkazmadi. Hatto butsalarini mixga ilganidan keyin ham homiylar Zizudan voz kechishmadi.

Zayniddin 2004 yildan 2015 yilga qadar Danon mahsulotlarini ovoza qildi. 2007 yilda u Grand Optical kompaniyasi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Uning yillik daromadi 450000 evroga teng edi. 2010 yilda Zizu yaponiyalik dizayner Edzi Yamamotoning Adidas bilan hamkorlikda yaratgan kiyim-kechaklari namoyishida elchi sifatida ishtirok etdi, hatto liboslarni kiygan holda sahnaga ko'tarildi. O'sha yilning yozida Louis Vuitton bilan imzolagan kelishuviga ko'ra, Diego Maradona va Pele bilan stol futboli bahsida kuch sinashdi.

2015 yilda Zidan Mango liboslarini ovoza qildi. Bir yildan keyin u Orange telefon operatorining 3 yilga mo'ljallangan 6 mln. evrolik taklifini qabul qildi.

Qahramonimizning Adidas bilan so'nggi kelishuvi 2017 yilgacha mo'ljallangandi. Biroq o'tgan yilning yozida ham firma mahsulot ishlab chiqarishni to'xtatmadi. Aftidan, u Zizu bilan yangi shartnomani imzolagan ko'rinadi. Ha, taniqli brendni tushunish qiyin emas - Zidandek kamyob ovozachidan voz kechishning iloji yo'q!

BestMaster
26 Mart 2019, 11:20
futbol, biznes, zidan, homiylar, oxanrabosi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
 u7777u  
Зиданга тинг келайдигани йуқ
26 Mart 2019, 11:44
venesius
 venesius  
Zidan hamma narsada omadi chopgan odam
26 Mart 2019, 14:55
realhd
 realhd  
Real baribir Real,Zidan baribir Zidan. Omad senga Zizu
26 Mart 2019, 18:39
 Baykal_Beg  
Hammanin ham onanni sikin
26 Mart 2019, 23:36
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads