“Real”ning yana bir futbolchisi “Yuventus”ga o'tishi mumkin.
Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, turinliklar yozda “Real” himoyachisi Rafael Varan bilan muzokara o'tkazmoqchi.
Frantsiyalik futbolchining shartnomasida tovon pul 500 mln evro etib belgilab qo'yilgan, ammo Varan ko'rsatib qo'yilgan narx bo'yicha sotilmasligi aniq. Tushunsa bo'ladiki, ushbu kelushuv oddiy bo'lmaydi.
Avvalroq, Varan “Real”dan ketishi mumkinligi haqida aytilgan edi. Biroq, Varanning o'zi kuni-kecha bergan intervyusida “Real”da qolish istagi borligini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, yozgi transfelar vaqtida “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga o'tgan edi.