Konfederatsiyalar kubogi yarimfinal bahsi doirasidagi Portugaliya - Chili (0:0, pen. 0:3) bahsida evropaliklar sardori Krishtianu Ronaldu bir marta ham himoyaga yordamga kelmagan.
Mazkur bahsda pirineyliklar penaltilar seriyasi orqali finalga yo'l olishdi.
InStat ma'lumotlariga ko'ra, mazkur bahsda faqatgina Ronaldu ana shunday ko'rsatkich qayd etgan.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu uchinchi o'rin uchun o'tkaziladigan bahsda maydonga tushmaydi. Futbolchi egizak farzandlari sababli terma jamoa tarkibini tark etgan.