Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan futbolchilik faoliyati haqida gapirib o'tdi.
"Men maktabda juda qiynalganman - yagona istagim futbol o'ynash edi. Meni ota-onam hech ham urishishmagan, lekin men o'z munosabatlarim noto'g'ri yo'ldan ketayotganini bilardim.
Bir kuni ular menga "Biz seni nima xohlashingni bilib turibmiz, mayli, istaganingni qilaver o'g'lim" deyishdi. Ota-onamdan ruxsat olgach, borimni berib mashq qilganman va shu holatga etishganman.
"Kann" jamoasiga kelib qarasam, futbolchilar tinmasdan shug'ullanishmoqda ekan va men ham o'zimga ahd qilgandim: "Men o'zimni futbolga bag'ishlayman!".
O'shandan keyin tinmadim, eng yaxshi bo'lish uchun harakat qildim. Men yaxshi dam olardim, hordiq chiqarardim. Bar va tungi klublarga bormasdim. Suv ko'p ichib, zo'riqish mashqlarini qilardim. Futbol uchun mashg'ulotlarda borimni berdim, men har qanday holatda ham yaxshi bo'lishim kerak edi.
Ota-onam bergan ruxsatlari uchun zo'r bo'lishim shart edi. Ular mendan faxrlanishlarini istardim va bunga erishganman", - deydi Otro nao'ri Zidan so'zlarini keltirib.