Ispaniya terma jamoasi Evro-2020 saralash bosqichida Norvegiyani mag'lubiyatga uchratdi.
Mazkur o'yinda “qizil furiya” himoyachisi Serxio Ramos asosiy tarkibda maydonga tushdi. Shu tariqa, Ramos terma jamoa safida 162-uchrashuvini o'tkazdi.
Bu ko'rsatkich bo'yicha Ramos Ispaniyaning sobiq darvozaboni Iker Kasilyasdan beshta o'yin ortda bormoqda. U shu yilning o'zida yangi rekord o'rnatishi mumkin.
Futbol tarixida 32 yoshli futbolchi terma jamoa safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar orasida 12-o'rinda turibdi.
Shu bilan birgalikda, Ramos kecha penaltidan g'alaba golini kiritdi va ketma-ket Ispaniya termasida beshta o'yindan beri gol urmoqda.