“Real” himoyachisi Rafael Varan oxirgi vaqtda paydo bo'layotgan mish-mishlarga izoh berdi.
“Yolg'on, “Real”da o'zimni baxtli his qilyapman. Men dunyoning eng kuchli jamoasi sharafani himoya qilaman.
Bor e'tiborimni faoliyatimga qaratganman. Men har doim yangi chaqiriqlarga to'qnash kelaman, ahir yuqori darajada o'ynayman. Ha, biz hozir o'z darajamizni isbotlab qo'yish o'rniga, qiyin damlarni boshdan o'tkazyapmiz. Lekin men har doim borim bilan o'ynaganman va bundan faxrlanaman.
Afsuski, OAV larda chiqayotgan mish-mishlarni nazorat qila olmayman. Ko'p xabarlar to'g'ri bo'lib chiqmaydi. Men omma bilan kam suhbatlashaman. Balki shuning uchun, shunday mish-mishlar paydo bo'lar”, - deydi Varan.