“Real” yarim himoyachisi Lukas Vaskes jamoaviy mashg'ulotlarga qaytdi.
Ispaniyalik futbolchi jarohatidan butunlay forig' bo'ldi va mashg'ulotlarga kirishdi deb xabar beradi Football Espana.
Kelasi yakshanba kuni “blankos” “Ueska”ga qarshi o'ynaydi.
Ma'lumot o'rnida, joriy mavsum ispaniyalik futbolchi 37 ta o'yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.