Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua Evro-2020 saralashi doirasida Rossiyaga qarshi kechgan o'yindan (3:1) so'ng Denis Cherishevning goliga olib kelgan xatosi haqida gapirdi.
«Faoliyatim mobaynida ko'plab xatolar qilganman deb o'ylamayman. Albatta, xato qilar ekansan, baribir g'alaba qozonishga umid qilasan.
O'sha vaziyatda men Alderveyreldga pas bermoqchi bo'ldim, biroq bu o'xshamadi. Biroz susaydim va raqib hujumchisi men ozgina turtib yubordi. Bu xato emas, ammo bu mening aybim bilan bo'ldi.
Biroq shundan keyingi o'yinimdan qoniqdim, hotirjamlikni saqlay oldim. Men to'plarni har yoqqa tepib yubormadim. Aytgancha, penaltilik holat men boshlab bergan qisqa uzatmadan keyin yuzaga kelgan hujumda ro'y berdi.
Afsus, gol o'tkazib yubordik. Ammo ba'zida darvozabonlar bilan shunday bo'lib turadi», – deydi Kurtua.