“Real” himoyachisi Nacho Fernandes faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
AS nashrining xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchining xizmatiga “Roma” klubi qiziqish bildirmoqda. O'tgan yozda rimliklar ispaniyalik futbolchini sotib olmoqchi bo'lgan.
Biroq, ushbu transfer noma'lum sabablarga ko'ra amalga oshmay qolgan. Bu safar “bo'rilar” yozgi transferlar vaqtida Nachoni qo'lga kiritish uchun jiddiy bel bog'lagan.
Nachoning “qirollik klubi” bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilgacha amal qiladi va “Real” ham uni sotib yuborishga qarshi emas.
Ma'lumot o'rnida, joriy mavsum Nacho “qaymoqranglilar” safida 14 ta o'yin o'tkazdi.