Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Konferedatsiyalar kubogi musobaqasi doirasida bo'ladigan bronza medal uchun o'yinda ishtirok etmaydigan bo'ldi. Marca nashri tarqatgan xabarga ko'ra, murabbiylar shtabi «Real» futbolchisiga yangi tug'ilgan chaqaloqlarini ko'rish uchun borishga ruxsat berdi.
«Men har doimgidek bor e'tiborimni terma jamoa o'yinlariga qaratganman, hattoki, egizak farzandlarim dunyoga kelganini bilgan bo'lsamda. Afsuski, biz musobaqada asosiy maqsadimizga erisha olmadik, lekin, ishonimchi komil, portugaliyalik ishqibozlarni xursand qilishda davom etamiz. Farzandlarim bilan ilk marta ko'rishish imkoniyatiga ega bo'lganimdan xursandman», — deya yozdi Krishtianu o'zining «Feysbuk»dagi sahifasida.
Avvalroq surrogat onadan Ronaldu egiz farzandlar ko'rgani haqida xabar berilgandi. Eva va Mateo AQShda dunyoga kelishdi.
Eslatib o'tamiz, Konfederatsiyalar kubogining yarim finalida Portugaliya penaltilar seriyasiga ko'ra Chiliga imkoniyatni boy berdi. Jamoa ikkinchi yarim final (Germaniya — Meksika)da mag'lub bo'lgan jamoaga qarshi 3-o'rin uchun bahs olib boradi.