Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zining sobiq klubi “Real” haqida fikr bildirdi.
“Madridda o'tkazgan vaqtlar, men uchun juda muhim. Men “Real” bilan ko'p narsalarga erishdim. Ispaniyada farzandlarim tug'ildi, mening sevgilim ham ispaniyalik. Shuningdek, menga ispan tili ham juda yoqadi”, -deydi Ronaldu Marca nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu “Real Madrid” safida 2009 yildan 2018 yilgacha o'ynagan. U “qirollik klubi” bilan 9ta sovrinni qo'lga kiritgan.