OK Diario jurnalisti Eduardo Inda “Real” yarim himoyachisi Isko Alarkonning muammosini oshkor qildi.
“Isko juda ko'p ortiqcha vazn olgan. Darajasi yuqori futbolchi uchun 4,5 bu normadan yuqori degani.
Buni aytishim kerak, u o'zini tarozida o'lchatishdan bosh tortgan. Menga Iskoni to'rt oydan beri taroziga chiqmaganini aytishdi.
Uning vazni chempionlar ligasining finalidan buyon normal holatda bo'lmagan. Solari aynan shu sabab Iskodan norozi bo'lgan”- deydi Inda El Chiringuito nashriga bergan intervyusida.
Solari Iskoga har dushanba vaznini o'lchatishni buyurgan. Biroq ispaniyalik futbolchi uning buyrug'ini erda qoldirgan.