"Real" forvardi Krishtianu Ronaldu Konfedratsiyalar kubogi 3-o'rin uchun baxsni o'tkazib yuboradi. Uning 2 ta farzandi dunyoga kelganini tasdiqladi. Bu bilan endi futbolchi terma jamoa ba'zasini tark etishini ma'lum qildi.
"Mening bor e'tiborim har doimgidek terma jamoa o'yiniga qaratildi, garchi 2 ta farzand ko'rgan bo'lsamda. Afsus, eng asosiy maqsadga erisha olmadik, lekin ishonchim komil biz portugaliyaliklarni xursand etishda davom etamiz. Portugaliya terma jamoasi murabbiyi va Futbol fedratsiyasi prezidenti men bilan yaxshi munosabatda va menga iltifot ko'rsatishdi. Men buni hech qachon unutmayman. O'z bolalarimni birinchi marta ko'rishimdan juda xursandman." - deydi Ronaldu.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu iyun oyi boshida Mateo va Eva ismli (o'gil-qiz) egizakli bo'ldi. Bolalarni xuddi 2010-yildagi kabi surragat ona dunyoga keltirdi.