"Tottenhem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o'zining "Real"ni boshqarishi mumkinligi haqidagi xabarlarga sharh berdi.
"O'zimni "Real"ni boshqarish imkoniyatini yo'qotdim, deb his qilganim yo'q. Men "Tottenhem"da baxtiyorman. Yana to'rt yillik shartnomam bor va meni Londonda hamma narsa qoniqtirmoqda. Har doim mish-mishlar eshitaman, ularning ba'zilari g'irt yolg'on", - deydi Pochettino.