"Real"ning sobiq darvozaboni, hozirda "Portu" sharafini himoya qilayotgan Iker Kasilyas La ligaga qaytish imkoniyati haqida gapirdi.
Kasilyas La liganing o'tmishdagi taniqli o'yinchilariga bag'ishlangan tadbirda ishtirok etdi.
"Sening noming Liga bilan birgalikda tilga olinsa - bu katta ma'suliyat. La liga - jjuda muhim brend, taklif uchun Xaver Tebasga rahmat.
La ligada o'ynaganimdan baxtiyorman. Hozir boshqa chempionatdaman, bu biroz afsuslantiradi. La ligaga qaytishni istardim, ammo "Real" - bu o'tmishdagi sahifa", - deydi Kasilyas.