«Manchester Yunayted» klubi «Real» hujumchisi Garet Beylni sotib olish istagida emas, deya xabar qilmoqda ESPN nashri.
Manbada ta'kidlanishicha, «MYu»ni futbolchining yoshi (29) qoniqtirmayapti. Shuningdek, ularning fikricha Beyl yoshiga nisbatan ancha qimmat.
«MYu» o'z safini yosh iqtidor egalari bilan to'ldirmoqchi.
Avvalroq uelslik futbolchi mavsum so'nggida «Real»ni tark etmoqchiligi xabar qilingandi.