"Real" ustozi Zinedin Zidan dastlabki o'yinida Keylor Navasni asosiy tarkibda maydonga tushirib, Kurtuani zaxirada qoldirdi.
«Barcha futbolchilarni birdek ko'rish lozim. Tibo ham xuddi Luka (Zidanning o'g'li) singari o'ynashni istaydi. Bizda uchta yaxshi darvozabon bor, bu "Real" uchun yaxshi holat.Bugun Kurtua zaxirada qoldi, ammo bu yakuniy qaror emas. Bizni chempionatda 10 ta o'yin kutmoqda", dedi Zidan.