«Real» klubining bir qator muxlislari «Selta»ga qarshi kechgan bahsda (2:0) jamoa prezidenti Florentino Peresga qarshi aktsiya o'tkazishdi.
Jamoaning ushbu mavsumdagi natijalaridan norozi bo'lgan ishqibozlar «Santyago Bernabeu» stadionida ikkita bannerni namoyish qilishdi. Ularda: «Florentino, ket» va «Aybdor Florentino», deya yozilgan edi.
Biroq stadion xavfsizligiga ma'sul shaxslar birinchi bo'limdayoq ushbu bannerlarni olib tashlashgan.