“Real” yarim himoyachisi Luka Modrich La Liga doirasida “Selta”ga qarshi maydonga tushdi.
33 yoshli futbolchi madridliklar safida 200-g'alabani qo'lga kiritdi (barcha turnirlarda).
Modrich “Real”da jami bo'lib 296 ta o'yin o'tkazgan (48 tasi durang va 48 tasi mag'lubiyat).
Xorvatiyalik futbolchi primerada – 132 ta, EChLda – 45 ta, Ispaniya kubogida – 12 ta, klublar o'rtasidagi jahon chempionatida – 6 ta, UEFA Superkubogi va Ispaniya Superkubogida – 3 marta g'alaba qozongan.