"Nyukasl" klubi rahbariyati "Real" darvozaboni Kiko Kasilya bilan jiddiy tarzda qiziqmoqda.
AS xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchini inglizlar ustozi Rafael Benitesning shaxsan o'zi jamoasida ko'rishni xohlayapti.
"Real" tarbiyalanuvchisi bo'lmish Kasilya 2015 yilning yozida, aynan Benitesning boshqaruvi vaqtida klubga qaytgandi.
57 yoshli mutaxassis "Real" posbonning transferini Ispaniyadagi tanishlari orqali hal etmoqchi.
Kasilya o'tgan mavsumda "Real" uchun barcha musobaqalarda 19 marta maydonga tushib, 22ta gol o'tkazib yuborgan.