"Real" "Manchester Siti" etakchilaridan biri Rahim Sterlingni sotib olmoqchi. Bu haqda "The Mirror" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, Madrid klubiga 24 yoshli futbolchining o'yinlari yoqib qolgan.
Ma'lumot uchun, Zidan kelganidan keyin "Real" tarkibni yangilashni mo'ljallamoqda. Rahbariyat Beyl va bir nechta futbolchini sotib, o'rniga Neymar, Eden Azar, Kristian Eriksen va Sterlingni olib kelmoqchi.
Sterling joriy mavsumda 27 ta o'yinda 15 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.