Madridning “Real” klubi kolumbiyalik yarim himoyachisi Xames Rodriges bilan xayrlashishga tayyor. Ayni damda futbolchi ijara asosida “Bavariya” safida to'p surmoqda.
Uning “Bavariya” bilan shartnomasi mavsum so'nggida yakunlanadi. Myunxenliklar futbolchini 40 million evroga to'liq sotib olish huquqiga ega. Bu haqda El Confidencial nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, madridliklar Rodrigesni 50 million evroga qo'yib yuborishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum futbolchi 22ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan va 4ta golga mualliflik ham qilgan.