«Real» klubi «PSJ» hujumchisi Neymarni xarid qilish fikridan voz kechdi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
"Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres braziliyalik futbolchining muxlisi hisoblanadi. 2018 yilning fevral oyida u 27 yoshli futbolchi bilan muzokara olib borgandi. Ammo o'shanda Zidan bu transferga qarshi chiqqandi.
Frantsiyalik mutaxassisning fikricha, Neymarning transferi uchun sarflanadigan mablag'ni boshqa maqsadga yo'naltirish foydaliroq bo'ladi. Bundan tashqari, Peres Neymarni qo'lga kiritishni haddan tashqari ko'p istagani uchun prezident va murabbiy o'rtasidagi munosabat buzilgandi. Yakunda Zidan iste'foga chiqishga qaror qildi.
Shu tariqa, Zidan «Real»ga qaytgani sababli Neymarga bo'lgan qiziqishga barham berildi.