"Atletiko" prezidenti Enrike Serezo "matraschilar" himoyachisi Teo Ernandes so'zlariga javob qaytardi.
"Real" bilan shartnoma imzolashga yaqin turgan 19 yoshli frantsiyalik futbolchi "Marca" nashri bergan intervyusida, bolaligidan "Real"ga muxlislik qilishini va jahonning eng yaxshi futbolchilari bilan birga o'ynashni orzu qilganini ta'kidlagandi.
"Teo Ernandes yaxshi futbolchi, ammo u "Real"ga o'tishga qaror qilib, katta xatoga yo'l qo'ydi", – dedi Serezo.
Eslatib o'tamiz, "Real" Ernandesning transferi uchun "Atletiko"ga 24 million evro to'laydi.