21 yoshli futbolchi bilan tuziladigan bitim 2025 yilning yozigacha amal qiladi.
"Real" 15 iyulgacha Militao uchun "Portu"ga 50 mln. evro to'lab berishi kerak, agar to'lov bu muddatdan keyinroq amalga oshirilsa futbolchining narxi 50%ga oshadi (75 mln. evro).
Militao joriy mavsum Portugaliya chempionatining 20ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.