"Tottenxem" rahbariyati o'tgan bahorda "Real" a'zosi Garet Beylni sotib olishni xohlagan, ammo bu amalga oshmagandi, deya xabar berdi "Diario".
Manbaga ko'ra, "Tottenxem" uelslik futbolchining ayni damda oladigan maoshini (yiliga 12 mln evro) to'lashga tayyor emas. Ammo "qirollik klubi" "shporlar" a'zosi Kristian Eriksonni sotib olmoqchi. "Real" bu transferga Garet Beylni ham qo'shishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Zidan va Beylning orasidan ola mushuk o'tgan.