«Lion» prezidenti Jan-Mishel Olyasning aytishicha, o'tgan yil yozida "Real" hujumchisi Karim Benzemani qaytarishga uringanini aytdi. Ma'lumot uchun, frantsuz hujumchisi 2004-2009 yillarda "Lion"da o'ynagan, shu davr oralig'ida 148 ta o'yinda 66 ta gol urgan.
«Biz Benzema bilan uning qaytishi borasida muzokara o'tkazishga intilgandik. Ammo moliyaviy jihatlar og'irlik qilgandi. Agar Benzema "Lion"ga qaytsa, juda yaxshi bo'lardi», — dedi prezident.