"Chelsi" klubi Eden Azarga qiziqayotgani tufayli "Real"dan norozi bo'lmoqda. Bu haqda "ESPN" nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "aristokratlar" rahbariyati agar Azar yozda boshqa jamoaga o'tsa, uning o'rniga futbolchi sotib ololmasligidan xavotirda.
Eslatib o'tamiz, "qirollik klubi" Azar uchun 117 mln evro to'lashga tayyor, ammo moliyaviy taqiq tufayli London klubi Azarning o'rnini bosa oladigan futbolchi uchun katta mablag' sarflay olmaydi.
Azarning amaldagi shartnomasi 2020 yilda tugaydi va yarim himoyachi bitimni uzaytirmoqchi emas. Qolaversa, oldinroq agar Zidan "Real"ni boshqarsa, Madrid klubiga o'tishga tayyor ekanligini aytgandi. Zidan esa yaqinda "qirollik klubi" ustoziga aylandi.