Kecha Ispaniya U-21 terma jamoasi yoshlar o'rtasidagi Yevropa chempionati yarimfinalida Italiya terma jamoasini 3:1 hisobida taslim etdi. Ispanlar tarkibida 22 yoshli Saul Nigez uchrashuv masalasini xet-trik orqali xal etdi. Shuningdek "qizil furiya" tarkibida Markos Llorente, Xesus Valexo va Marko Asensio to'liq 90 daqiqa harakat qildi. Asensio Saulning 3-goliga assistentlik qildi.
Ispaniya: Arrisabalaga, Bellerín, Mere, Valexo, Jonny, Sebalyos (Oyarzabal, 88’), Llorente, Saul, Delafeu (Denis Suarez, 82’), Asensio, Sandro (Uilyams, 78).
Italiya: Donnarumma, Salabria, Caldara, Rugani, Barreca, Gagliardini, Pellegrini, Benassi (Garritano, 87’), Chiesa (Lokatelli, 61’), Petayna (Cherri, 72’), Bernarderski.
Gollar:
1-0 (min. 53): Saul.
1-1 (min. 62): Bernarderski.
2-1 (min. 65): Saul (Delafeu)
3-1 (min. 74): Saul (Asensio)
Endi final uchrashuv 30-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da Germaniya va Ispaniya terma jamoalari o'rtasida bolib o'tadi.